Nimalar tayyorlanadi
Dars ishlanma
Maqsadlar, kompetensiyalar, metodlar va jihozlar, dars bosqichlari va vaqti, uyga vazifa, baholash.
Test va nazorat ishi
10–30 savol, 4 tadan variant, javoblar kaliti alohida betda.
Dars taqdimoti
PowerPoint, mavzu internetdan o'rganiladi, haqiqiy rasmlar bilan.
Ota-onalar majlisi
Kun tartibi, ma'ruza matni, ota-onalarga tavsiyalar va majlis qarori loyihasi.
Sinf rahbari hisoboti
Chorak yoki o'quv yili: bo'limlar, ko'rsatkichlar jadvali, xulosa va rejalar.
Qanday ishlaydi
- Botni oching va «O'qituvchilar uchun» bo'limidan turini tanlang.
- Yozing: masalan, «Matematika, 5-sinf, Oddiy kasrlarni qo'shish, 1 soat». Ovozli xabar ham bo'ladi.
- 1-betni ko'ring: kreditingiz yetmasa, to'lovdan oldin hujjatning birinchi beti ko'rsatiladi.
- Word + PDF: faylni tahrirlab, chop etasiz. O'zgartirish kerak bo'lsa — botga yozing.
Dars ishlanma tuzilmasi
- Fan, sinf, mavzu, soat, sana
- Darsning maqsadi: ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi
- Shakllantiriladigan kompetensiyalar va kutilayotgan natijalar
- Dars turi, metodlari va jihozlari
- Darsning borishi: tashkiliy qism, uy vazifasini tekshirish, yangi mavzu, mustahkamlash, baholash, uyga vazifa (har biri vaqti bilan)
- Yangi mavzu bayoni (qisqa konspekt)
- Mustahkamlash uchun savollar, uyga vazifa, baholash mezonlari
Narx
To'lov bot ichida: Uzcard, Humo, Visa/Mastercard, Payme, Click, Uzum, Paynet.
Savollar va javoblar
Dars ishlanma qanday formatda bo'ladi?
O'zbekiston maktablarida qabul qilingan tuzilmada: fan, sinf, mavzu va soat; darsning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari; kompetensiyalar; dars turi, metodlar va jihozlar; dars bosqichlari vaqti bilan (jadval: o'qituvchi va o'quvchi faoliyati); yangi mavzu bayoni; mustahkamlash savollari; uyga vazifa va baholash mezonlari. Word faylda, o'zingiz tahrirlashingiz mumkin.
Testda javoblar kaliti bormi?
Ha. 10 tadan 30 tagacha savol, har birida 4 ta variant. Javoblar kaliti alohida betda — o'quvchilarga faqat savollar betini chop etasiz. To'g'ri javoblar A, B, C, D bo'yicha aralash joylashadi.
To'lovdan oldin ko'rsa bo'ladimi?
Ha. Kreditingiz yetmasa, bot hujjatning 1-betini rasm qilib ko'rsatadi. To'lovdan keyin to'liq Word va PDF fayl darhol keladi.
Kirill yoki rus tilida bo'ladimi?
Ha. Qaysi tilda yozsangiz yoki so'rasangiz — o'zbek (lotin yoki kirill) yoki rus tilida tayyorlanadi.
Sinf rahbari hisobotidagi raqamlar qayerdan olinadi?
Faqat siz yozgan raqamlardan (o'quvchilar soni, a'lochilar, davomat). Aytilmagan raqamlar bo'sh qoladi — bot raqam to'qimaydi.
Keyingi darsingizga tayyorlanamizmi?
Fan, sinf va mavzuni yozing — ishlanma bir necha daqiqada.
👩🏫 Botni ochish