Telegram bot · @hujjatchi_aibot

Referat, mustaqil ish va kurs ishi — bir necha daqiqada, tayyor Word faylda

Mavzuni yozing yoki ovozli xabar yuboring: Hujjatchi reja tuzadi, har bo'limni yozadi va titul, mundarija, bet raqamlari bilan rasmiylashtirib beradi. Prezentatsiya — haqiqiy rasmlar bilan.

✍️ Botda boshlash
Birinchi mustaqil ish (20 betgacha) — atigi 5 000 so'm

Hujjatchi nimalar qiladi

📚

Referat va mustaqil ish

Fan, mavzu va hajm bo'yicha reja, kirish, boblar, xulosa va adabiyotlar ro'yxati.

🎓

Kurs ishi

60 betgacha: boblar alohida yoziladi, mundarija va bet raqamlari avtomatik.

🖼

Prezentatsiya

Mavzu internetdan o'rganiladi, slaydlar haqiqiy rasmlar bilan PowerPoint'da.

🎤

Ma'ruza matni

Tayyor prezentatsiyaning har bir slaydi uchun nima deyish kerakligi — Word faylda.

📐

Word formatlash

O'zingiz yozgan ishni talablarga moslaydi: Times 14, 1,5 interval, chegaralar, mundarija. Matn o'zgarmaydi.

📝

Ariza va shartnoma

Ariza, tushuntirish xati, ishonchnoma, ijara yoki xizmat shartnomasi, rezyume.

👩‍🏫

O'qituvchilar uchun

Dars ishlanma, test va nazorat ishi (javob kaliti bilan), majlis ma'ruzasi, sinf rahbari hisoboti.

Qanday ishlaydi

  1. Botni oching va nima kerakligini yozing: masalan, «Iqtisodiyot, Inflyatsiya, 15 bet». Ovozli xabar yoki topshiriq rasmi ham bo'ladi.
  2. Reja tayyor: bot ish rejasini ko'rsatadi, kerak bo'lsa ma'lumot so'raydi (OTM, kafedra, ism).
  3. Namuna: to'lovdan oldin Kirish qismini o'qib ko'rasiz.
  4. Fayl: to'lovdan keyin ish yoziladi va Word + PDF faylda keladi. O'zgartirish kerak bo'lsa — yozing.

Narxlar

1 kredit5 000 so'm
Paket: 5 kredit (1 kredit — 4 000 so'm)20 000 so'm
Paket: 15 kredit (1 kredit — 3 333 so'm)50 000 so'm
Guruh uchun paket: 40 kredit (1 kredit — 3 000 so'm)120 000 so'm
Referat, mustaqil ish, kurs ishi — 24 betgacha3 kredit
… 40 betgacha / 60 betgacha5 / 8 kredit
Prezentatsiya — 12 slaydgacha (20 / 30 slayd)2 kredit (3 / 4)
Ma'ruza matni prezentatsiyaga1 kredit
Ariza, shartnoma, xat, rezyume1 kredit
Tayyor Word ishni talablarga moslash (formatlash)1 kredit
O'qituvchilarga: dars ishlanma, test / nazorat ishi, majlis ma'ruzasi, sinf rahbari hisoboti1 kredit
🎁 Birinchi ish uchun sovg'a: mustaqil ish yoki referat (20 betgacha) yoki prezentatsiya — 2 kredit, ulardan 1 tasi sizga bepul beriladi, ya'ni atigi 5 000 so'm. Birinchi ariza yoki xat — bepul.

To'lov bot ichida: Uzcard, Humo, Visa/Mastercard, Payme, Click, Uzum, Paynet. To'lov o'tishi bilan ish o'zi yozila boshlaydi. Pullik ishdan keyin 2 ta tuzatish bepul.

Fanlar bo'yicha mavzular

Har bir mavzu sahifasida tayyor reja, kirish qismi, yozish bo'yicha maslahatlar va adabiyotlar ro'yxati bor.

Ko'p so'raladigan mavzular

Barcha mavzular →

Savollar va javoblar

Hujjatchi qanday ishlaydi?

Telegram botga mavzu, fan va hajmni yozasiz yoki ovozli xabar yuborasiz. Bot avval reja tuzadi, so'ng har bir bo'limni alohida yozadi va titul varag'i, mundarija, bet raqamlari bilan Word faylini yuboradi. Prezentatsiya PowerPoint faylda, rasmlar bilan tayyorlanadi.

Qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Hajmiga bog'liq: ariza bir necha soniyada, mustaqil ish va referat odatda bir necha daqiqada tayyor bo'ladi. Kurs ishi kabi katta ishlar biroz uzoqroq yoziladi — tayyor bo'lishi bilan bot faylni o'zi yuboradi.

To'lovdan oldin sifatini ko'rsa bo'ladimi?

Ha. Kreditingiz yetmasa, bot to'lovdan oldin rejani va mustaqil ishning Kirish qismini to'liq yozib ko'rsatadi, prezentatsiyada esa dastlabki 3 slaydni rasm qilib yuboradi.

Adabiyotlar ro'yxati qayerdan olinadi?

Adabiyotlar internetdagi qidiruv orqali tuziladi. Shunday bo'lsa ham, topshirishdan oldin manbalarni va talablarni o'zingiz tekshirib chiqing.

Fayl qanday formatda keladi?

Word (.docx): Times New Roman 14, 1,5 interval, titul varag'i, mundarija va bet raqamlari bilan. O'quv ishi va prezentatsiyaga PDF nusxa ham beriladi.

Qanday to'lanadi?

Bot ichidagi to'lov sahifasida Uzcard, Humo, Visa/Mastercard yoki Payme, Click, Uzum, Paynet ilovalari bilan. 1 kredit — 5 000 so'm, paketda arzonroq. Kredit to'lov o'tishi bilan o'zi qo'shiladi.

Tayyor ishni o'zgartirsa bo'ladimi?

Ha, botga nimani o'zgartirish kerakligini yozasiz. Pullik ishdan keyin 2 ta tuzatish bepul.

Ishni hoziroq boshlang

Mavzuni yozing — reja va namuna bir necha daqiqada.

✍️ Botni ochish